Abramovich Britaniyadagi mulkini sota olmaydi – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida bo‘lgan paytda o‘z mulkini sota olmaydi. Hozirda uning Britaniya banklaridagi mablag‘lari muzlatilgan holda qolmoqda. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni “Bloomberg” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Abramovichning Kensington hududidagi qasri va Londondagi “Chelsea Waterfront” turar-joy majmuasidagi penthausini sotishning imkoniyati yo‘q. 

Shuningdek, u “Evraz” tog‘-metallurgiya kompaniyasidagi ulushini (28,64 foiz) ham sotolmaydi. Abramovich sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgach, kompaniya aksiyalarining London fond birjasidagi narxi 87 foizga arzonlashdi. May oyida Buyuk Britaniya hukumati “Evraz”ga qarshi sanksiyalar kiritdi va uning aktivlarini muzlatib qo‘ydi.

“Bloomberg” milliarderlar indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin Abramovichning Londondagi asosiy aktivlari 4 milliard funt sterling (4,8 milliard dollar)ga baholangan. Ular o‘sha paytdagi biznesmenning butun boyligining deyarli uchdan bir qismini tashkil qilgan. 

10 mart kuni Abramovich Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 15 mart kuni Yevropa Ittifoqi tadbirkorga nisbatan cheklovlar kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing