Abramovich Britaniya sanksiyalariga qarshi “urush” e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubining sobiq xo‘jayini Roman Abramovich o‘ziga nisbatan Buyuk Britaniya hukumati tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qarshi chiqishga harakat qilmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tadbirkorning advokatlari Yevropa Ittifoqi hukumatlariga hujjatlar yuborib, ular yordamida rossiyalik tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarga qarshi chiqishni rejalashtirgan. 

Qayd etish joizki, Abramovichning advokatlari tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar kamsituvchi va yolg‘on ayblovlarga asoslanganini ta’kidlamoqda. Advokatlarning fikriga ko‘ra, Roman Abramovichning bir o‘zi Rossiya davlatining bosh homiyi bo‘la olmaydi. Shu sabab unga nisbatan kiritilgan cheklovlarda mantiq yo‘q.

Avvalroq, Londonning “Chelsi” klubi shu yilning may oyi oxirida Todd Bouli boshchiligidagi konsorsium tasarrufiga o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi urush ortidan Britaniya hukumati rossiyalik tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi va Roman Abramovichning Angliyadagi barcha aktivlari muzlatildi. Shu tufayli, Abramovich "Chelsi" jamoasini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ldi. Keyinroq Angliya Premer ligasi rahbariyati rossiyalik tadbirkorni London klubini boshqarishdan chetlashtirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

481

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing