Abramovich “Chelsi”ni sotadi. Pullarni Ukrainaga yordam uchun beradi

Sport

image

Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan ko‘plab rus milliarderlari katta miqdorda zarar ko‘rishmoqda yoki og‘ir sanksiyalarga duch kelyapti. Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich ham Buyuk Britaniya parlamenti qistovi ostida Angliyadagi ko‘chmas mulklari va Londonning “Chelsi” futbol klubini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda rossiyalik tadbirkorning o‘zi bayonot berdi. 

Abramovichning aytishicha, u har doim klub manfaatlaridan kelib chiqib, qarorlar qabul qilgan. Uning ketishi “Chelsi” va unga bog‘liq insonlar uchun foydali bo‘ladi.

“Men har doim klub manfaatini ko‘zlab qarorlar qabul qilganman. Shu bois, hozirgi vaziyatda klubni sotishga qaror qildim. O‘ylaymanki, ushbu qarorim “Chelsi” bilan bog‘langan har bir inson uchun manfaatli bo‘ladi. Klubning sotilishi tezlashtirilmaydi, balki belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Men qarzlar qaytarilishni so‘ramayman. Men har doim biznes yoki pul haqida o‘ylamadim, balki o‘yin va klubga bo‘lgan sof ishtiyoq bilan uni rivojlantirishga harkat qildim”, degan milliarder Roman Abramovich.

Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, klubni sotishdan tushga pullar Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlarga yordam sifatida beriladi.

“Bundan tashqari, men o‘z jamoamga savdodan tushgan barcha sof daromadlarni hisoblab, xayriya jamg‘armasini yaratishni buyurdim. Jamg‘arma Ukrainadagi barcha jabrdiydalarning manfaatlarini ko‘zlab tuziladi. Bu jamg‘arma yordamga muhtoj odamlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning zarur ehtiyojlarini qoplash uchun ishlatiladi. Shuningdek urushdan jabr chekkan odamlarning uzoq muddatli tiklanishiga yordam beradi”, degan Abramovich

Rossiyalik tadbirkorga ko‘ra, “Chelsi” va uning muxlislari doim uning yuragida bo‘lishadi.

“Bilingki, bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Bu tarzda klubni tark etish meni qiynayapti. Biroq, bu klub manfaatlariga mos kelishiga ishonaman. Umid qilamanki, “Stamford Brij”ga oxirgi marta tashrif buyurib, barchangiz bilan shaxsan xayrlashaman. “Chelsi”ning bir qismi bo‘lish bir umrlik sharaf edi. Men birgalikda erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanaman. “Chelsi” futbol klubi va uning muxlislari doim mening yuragimda bo‘lishadi”,  deya Abramovich o‘z bayonotini yakunlagan.

Avvalroq, Roman Abramovich “Chelsi”ni sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning taklifini o‘rganib chiqishi haqida xabar bergan edik.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing