Abxaziya va Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kiradi – Stoltenberg 

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg yana Gruziya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u bugun, 18 mart kuni Tbilisida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Biz Gruziya suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Janubiy Osetiya va Abxaziya Gruziya tarkibiga kiradi. NATO Rossiyani Gruziya hududlarini mustaqil davlatlar sifatida tan olishni bekor qilishga chaqirishda davom etmoqda”, degan Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi “Rossiya tomonidan Gruziya va Ukrainaning bosib olingan hududlarida saylovlar o‘tkazish noqonuniy ekanligiga” ishora qildi. Stoltenbergning ta’kidlashicha, blokning eng yaqin hamkorlaridan biri bo‘lgan Gruziya "murakkab xavfsizlik muammolariga duch kelmoqda".

Ukrainadagi vaziyatga kelsak, u "jang maydonidagi" vaziyat og‘irligicha qolayotganini aytdi. 

"Shuning uchun biz qo‘llab-quvvatlashimizni oshirishda davom etishimiz juda muhim", deydi Yens Stoltenberg.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze esa uning mamlakati NATOning eng sodiq va ishonchli hamkorlaridan biri ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tbilisi Bosh kotibning Gruziyaning bosib olingan hududlarida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq adolatli bayonotlarini yuksak qadrlaydi.

Kobaxidzening aytishicha, uchrashuvda NATO-Gruziya hamkorligi va Gruziyaning alyansga integratsiyalashuv jarayoniga oid mavzular muhokama qilingan.

Bosh vazir NATO Bosh kotibiga Gruziyani qo‘llab-quvvatlagani va uning “Yevroatlantika intilishlari” uchun minnatdorlik bildirgan.

17-19 mart kunlari NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ozarbayjon, Gruziya va Armanistonga tashrif buyuradi. Tur doirasida Stoltenberg allaqachon Ozarbayjonga tashrif buyurgan. Tbilisidan NATO Bosh kotibi Yerevanga jo‘nab ketadi.

Ma’lumot uchun, 2008 yil 26 avgustda Gruziya Sxinvalga qo‘shin kiritganidan so‘ng, Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziya suverenitetini tan olgan. Rossiya Federatsiyasi respublikalarga keng ko‘lamli moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatgan. Masalan, 2017-2019 yillarda Rossiya tomonidan Abxaziya rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha investitsiya dasturining hajmi taxminan olti milliard rublni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Gruziya Abxaziya Yens Stoltenberg Janubiy Osetiya Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing