Abxaziya parlamenti Prezident iste’fosi uchun ovoz berdi
Olam
−
10 yanvar 2020
4585Avvalroq, Abxaziyada Prezidentga qarshi namoyishlar boshlangani haqida xabar bergan edik. Namoyishchilar Prezident qarorgohiga bostirib kirishgacha borishgandi.
Abxaziya parlamenti Prezident Raul Xajimbaning iste’fosi uchun ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Ayni vaqtda Abxaziyada muxolifatning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident ma’muriyatiga bostirib kirganlar Raul Xajimbaning iste’fosini talab qilishyapti.
Biroq Xajimba iste’foga ketishdan bosh tortgan. Biroq muxolifat bilan muzokara o‘tkazishga roiz bo‘lgan.
U xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishini o‘tkazib, respublikada zarurat bo‘lsa favqulodda vaziyat kiritilishini aytgan.
Parlament Prezident bilan muzokaralarga 5 kishini jo‘natgan. Shunisi ma’lumki, uchrashuv keskin tarzda o‘tgan. Abxaziyada kuchishlatar tuzilmalar kuchaytirilgan tartibda ishlay boshlagan.
9 yanvarda Suxumda muxolifat tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan muxolifatchi Alxas Kvitsiniya ishining sudda ko‘rilishi, 2019 yil noyabrda Suxumda yuz bergan otishmaning tergovi borishi hamda respublikdagi yomon ijtimoiy-iqtisodiy holat va korrupsiyadan norozilik bildirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2019 yilda respublikada o‘tgan prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident ko‘pchilik ovoz to‘play olmagan. Ular shu sababli yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilishmoqda
LiveBarchasi