Abituriyentlarning OTM kirish imkoniyati yanada oshmoqda

Jamiyat

image

Endilikda DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test markazi saytidan yuklab olishi mumkin. Bu haqda O‘zA nashri xabar qilmoqda.

Bu holat chekka qishloqlardan viloyat markazidagi yoki Toshkentdagi oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan abituriyentlarning ham vaqtini, ham naqdini tejab qoladi.

Bu yil abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyati yanada kengayadi. Bir paytning o‘zida uchta ta’lim muassasasi tanlanib, asosiy oliy ta’lim muassasasida imtihon topshiriladi. To‘plagan balli yetarli bo‘lsa, uchta OTMdan birida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Imtihonlar 1-15 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bir paytning o‘zida 70 ming abituriyentdan imtihon olish imkoniyati bor.

Darvoqe, hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha Davlat xizmatlari agentligi markazlari orqali ham qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

DTM

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing