Abituriyentlar uchun qulaylik. DTM ruxsatnomasini olish osonroq va qulayroq bo‘ladi
Jamiyat
−
13 may 2019
254762018 yilda oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoni butunlay yangicha tartibda o‘tkazildi. Imtihon faqatgina 1 avgust kuni o‘tkazilmay, 15 kun davomida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Ammo imtihonning 15 kun davom etishi viloyatlardan kelib poytaxtdagi OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlarga ayrim noqulayliklar tug‘dirdi. Shulardan biri, DTM ruxsatnomasining imtihondan bir kun avval tarqatilishi edi.
Bu yildan abituriyentlarni qiynagan ushbu masalaga yechim topilgan ko‘rinadi.
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar” brifingi va matbuot anjumanida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov DTM ruxsatnomasi berishning yangi tartibi haqida ma’lumot berdi.
“Abituriyentlarni shu paytgacha qiynab kelayotgan masalalardan biri DTM ruxsatnomalarini qay vaqtda olishi edi. Odatda, ushbu ruxsatnomalar imtihon arafasida 31 iyulga qadar (shu kuni ham) tarqatilardi. O‘tgan yil misolida aytadigan bo‘lsak, test sinovlari 15 kun davom etgani sababli abituriyentlarning ushbu ruxsatnoma bilan bog‘liq murojaatlari ko‘p bo‘ldi. Ularning aksari Toshkentga kelib-ketishda ortiqcha ovvoragarchilik va xarajatlarning oldini olish bilan bog‘liq edi, albatta. Biz ham shu maqsadlarni ko‘zlab bu yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test markazi saytidan foydalanib o‘ziga tegishli ruxsatnomani yuklab olishi mumkin va shu asosda tegishli o‘quv binosiga kirib-chiqishi ta’minlanishini nazarda tutyapmiz”, dedi Barno Rajabov.
LiveBarchasi
26 noyabr