Abdujabbor Abduvohidov boshchiligida Prezident farmoni muhokama qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi.  

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ishtirokida mazkur farmon muhokamaga qo‘yildi. 

Yig‘ilishda Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib, sohani rivojlantirish yo‘lida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Dunyo tajribasidan ma’lumki, futboli zo‘r bo‘lgan mamlakatning iqtisodi ham yaxshi bo‘ladi. Mazkur farmon muhokamaga qo‘yilishidan avval uni O‘FA raisi bilan yaxshilab muhokama qilib oldik. Zero, shaxsan Prezidentimizning o‘zlari futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdilar. Mana, bizning bokschilarimizni butun dunyo tan oldi. Nega boshqa sport turlarida bunday darajaga chiqa olmaymiz? Chunki sportning ushbu turida yillar davomida shakllanib kelayotgan o‘zbek boks maktabi bor, malakali mutaxassislar va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tizim mavjud. Mana shu tizimli ishlashni boshqa sport turlarida ham yo‘lga qo‘ysakgina natijaga erisha olamiz. Buning uchun ishni, avvalo, bolalar futbolini rivojlantirish va xususiy futbol maktablarini rivojlantirishdan boshlash kerak. Mana shunday tashabbus bilan chiqadigan tadbirkorlarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Abdujabbor Abduvohidov.

Farmon loyihasi futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 18 ta band, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish sxemasi (4 yo‘nalishda), 5 bobdan iborat O‘zbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi, 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan “Yo‘l xaritasi”, 7 qismni o‘zida jamlagan 2030 yilgacha futbolni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari, 2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish jadvali, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlari va xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kabi ilovalardan tashkil topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni Abdujabbor Abduvohidov

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing