Abdusattorov Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Sport

image

Kecha, 15 fevral kuni Germaniyaning Vayzenxaus shahrida fristayl bo‘yicha Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov uchinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi bor o‘tkazilgan ushbu musobaqada norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Abdusattorov uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Javohir Sindorov esa sakkizinchi pog‘ona bilan turnirni yakunladi.

Abdusattorov uchinchi o‘rin uchun bahsda Vinsent Keymerni 2.5-1.5 hisobida mag‘lub etdi va 40 000 AQSH dollari miqdorida mukofotni qo‘lga kiritdi. 

Qayd etish joizki, Nodirbek 3-o‘rin orqali 2027 yilgi fristayl bo‘yicha  Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmani ham o‘ziniki qilib oldi.

Javohir Sindorov esa turnirni 8-o‘rinda yakunlagan holda 10 000 AQSH dollari mukofotni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kuni Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing