Abdusattorov Jahon chempionatida 2-o‘rinni oldi
Sport
−
31 dekabr 2025 3767 1 daqiqa
Kecha, 30 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida Jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi. U finalda Magnus Karlsen bilan bellashdi.
Qatar poytaxti Doha shahrida rapid va blits yo‘nalishida FIDE Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Blits yo‘nalishidagi ochiq musobaqalar finalida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan bellashdi. Shiddatli bahsda Karlsen 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida 2025 yilgi Jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida esa qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva jahon chempioni bo‘ldi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar