Abdusattorov peshqadam, Sindorovchi?

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turniri davom etmoqda. 23 yanvar kuni turnirning 8-tur o‘yinlari yakunlandi.

Dunyoning top shaxmat ustalari qatorida “Masters” guruhida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 8-turda amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi. Shunday qilib, Abdusattorov 8 ta imkoniyatdan 6 ochko yig‘ib, peshqadamlik qilmoqda.

“Challenger” guruhining 8-turida turkiyalik Mustafa Yilmazga qarshi dona surgan yana bir O‘zbekiston vakili Javohir Sindorov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 8 ta imkoniyatdan 5 ochko jamg‘argan Sindorov guruhda 4-pog‘onani  band etib turibdi. 

Bugun, 23 yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan “Masters” va “Challenger” guruhlarida dam olish kuni etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing