Abdusattorov nufuzli turnirning yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Ayni kunlarda Germaniyada shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir yarim finaliga chiqishni uddaladi.

Abdusattorov chorak finalda amaldagi shaxmat toji egasi xitoylik Ding Liren mag‘lub etdi. Endi u yarim finalda norvegiyalik azaliy raqibi Magnus Karlsen bilan bahs olib boradi.

Musobaqaning 2-yarim finalida amerikalik Fabiano Karuana hamyurti Levon Aronyan bilan kuch sinashadi. 

Qayd etish joiz, Abdusattorov turnirda ikkinchi marta Karlsen bilan to‘qnash kelmoqda. U rapid bahslarida ham Magnus bilan kuch sinashgandi va raqibidan ustun kelgandi.

Ma’lumot uchun, “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turniri 16 fevralga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing