Abdusattorov nufuzli turnirda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Sport

image

Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Tata Steel Chess 2025” turniri davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov umumiy 7 ochko jamg‘ardi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini 2 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda. 29 yanvar kuni o‘tkazilgan 10-turda “Masters” guruhi yetakchilari safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o‘ynadi va serbiyalik Aleksey Saranani mag‘lub etdi. Shaxmatchi ayni damgacha musobaqada mag‘lub bo‘lmagandi. Ushbu g‘alabadan keyin Abdusattorov o‘z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga yetkazdi va turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Turnir jadvalining 1-o‘rnida hindistonlik Gukesh Dommaraju joylashgan. Amaldagi jahon chempioni qora donalarda harakat qilib, niderlandiyalik Maks Varmerdamdan ustun keldi. Gukesh 7.5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha ham bu musobaqada o‘zi uchun muhim bo‘lgan g‘alabaga erishdi. U sloveniyalik Vladimir Fedoseyevdan ustun keldi va 6.5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Turnirda 13 tur yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Niderlandiya Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing