Abdusattorov nufuzli turnirda 2 ming dollar yutdi
Sport
−
15 noyabr 2024 4570 1 daqiqa
Avvalroq, o‘zbekistonlik grossmyster Nodirbek Abdusattorov Hindisonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan 6-“Tata Steel Chess India” turnirining oxirgi turida norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib, durangga imzo chekkani xabar qilingandi.
9 ta tur yakunlariga ko‘ra, 3 ta g‘alaba, 4 ta durang 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov jami 5 ochko bilan musobaqani 5-o‘rinda yakunladi va 2 ming AQSH dollar pul mukofoti sohibi bo‘ldi.
Abdusattorovdan 2,5 ochko ko‘proq jamg‘argan Karlsen esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 ming AQSH dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Kuchli uchlikka hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa va amerikalik Uesley So kirishni uddaladi.
Live
BarchasiIsroil Livan janubiga yana zarba berdi
02 sentabr