Abdusattorov xalqaro turnirdagi ishtirokini boshladi

Sport

image

Joriy yilning 16 fevral kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri start oldi. Musobaqa ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ilk turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi.

Jahon reytingida 2-o‘rinni egallab turgan Nepomnyashiyga qarshi qora donalarda harakat qilgan Nodirbek yakunda durangga imzo chekdi. 

1-tur doirasida Niderlandiya vakili Anish Giri hamda hindistonlik Gukesh Dommaradju o‘rtasidagi bahs ham shaxmat ixlosmandlari diqqat markazida bo‘ldi. Bu o‘yin yakunida ham tomonlar murosa yo‘lini tanladi.

Bugun, 17 fevral kuni musobaqaning 2-tur o‘yinlari boshlanadi. Abdusattorov bu turda yana bir rossiyalik shaxmatchi Andrey Yesipenkoga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Anish Giri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing