Abdusattorov xalqaro turnirda ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Sport
−
22 fevral 2023
4984Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 5-tur o‘yinini o‘tkazdi.
Mezbonlar vakili Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda o‘ynagan Abdusattorov yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Ortda qolgan beshta turdan so‘ng, Nodirbek hisobida 2 ochko mavjud.
Bugun, 22 fevral kuni turnirning 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Dommarju Gukeshga qarshi qora donalarda harakatlanadi.
Ortda qolgan turlardan so‘ng, AQSH vakili Levon Aronyan 4 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikni yakunlab turgan Uesli So va Gukesh Domardju 3 ochko to‘plagan.
LiveBarchasi