Abdusattorov xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
07 aprel 2023
8476Onlayn tarzda o‘tkazilgan “Chessable Masters” xalqaro turnirining 2-divizioni bahslari yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z divizionida yetakchi bo‘ldi.
Nodirbek finalda fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagraveni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va turnir g‘olibiga aylandi. 8 aprel kuni u Grand final uchrashuvida dona suradi.
Musobaqa davomida Abdusattorov Anish Giri, Arjun Erigaisi kabi jahon shaxmati yulduzlarini mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, “Chessable Masters” xalqaro turniri o‘yinlari 3 ta divizionda o‘tkazilmoqda. Turnirning 1-divizionida Magnus Karlsen, Uesley So, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va boshqa kuchli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surmoqda. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 1 million 410 ming AQSH dollarini tashkil etadi.