Abdusattorov xalqaro musobaqada mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdeye, Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun, 22 yanvar kuni o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 8-tur bahslarida dona surdi.

“Masters” guruhida ishtirok etayotgan Abdusattorov 8-turda amerikalik Levon Aronyanga qarshi bahs olib borib, durangga imzo chekdi. Aronyan bilan murosa yo‘lini tanlagach, O‘zbekiston vakilining ochkolari soni 6 taga yetdi va Nodirbek musobaqada hamon peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqaning “Challenger” guruhida yana bir O‘zbekiston vakili Javohir Sindorov ishtirok etmoqda. 8-turda Sindorovga turkiyalik Mustafa Yilmaz raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov 7-turda hindistonlik  Arjun Erigaisini qora donalarda mag‘lub etgandi, Sindorov esa mezbonlar shaxmatchisi Elin Royebersdan ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing