Nodirbek Abdusattorov Erigaisini mag‘lub etdi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba
Sport
−
22 yanvar 2023 10142 1 daqiqa
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisini qora donalarda mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek 7 ta o‘yindan 5.5 ball to‘plab, yakka peshqadamga aylanib oldi. Shuningdek, bugun Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Levon Aronyan bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov ushbu turnirning 5-tur o‘yinida Magnus Karlsenni mag‘lum etgandi.
Bundan tashqari, yana bir o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov “Challengers” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. U niderlandiyalik Elin Royebersga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi.

Sindorov bugun qora donalarda turkiyalik Mustafo Yilmazga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, Javohir ushbu turnirda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust