Abdusattorov eng kuchli 8 shaxmatchi qatnashadigan turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Sport
−
24 oktabr 2022 4238 1 daqiqa
Joriy yilning 25-30 oktyabr kunlari Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur Jahon chempionatida dunyoning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri qatnashadi. O‘zbekistonlik grossmeyster, rapid bo‘yicha Jahon chempioni, Xalqaro shaxmat Olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov ham musobaqa qatnashchilari qatoridan joy olgan.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada O‘zbekiston vakilidan tashqari Uesli So (AQSH), Magnus Karlsen (Norvegiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Yan Nepomnyashiy (Rossiya), Vladimir Fedoseyev (Rossiya), Mattias Blyubaum (Germaniya) va mezbonlar vakili Steyn Gretarsson ishtirok etadi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn musobaqasida qatnashib, chorak finalda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarovga imkoniyatni boy bergandi.
Shaxzod Shukurov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust