Nodirbek Abdusattarov xalqaro turnirda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Shaxmat bo‘yicha xalqaro "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqasida qatnashayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattarov musobaqa bilan xayrlashdi.

Turnirning eng kuchli 8 nafar shaxmatchilari orasiga kira olgan Nodirbek chorak finalda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarov bilan kuch sinashib, 1,5-2,5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston vakili chorak finalgacha bo‘lgan davrda ham Mamedyarov bilan bahs olib borib, g‘alaba qozongandi. Aytish mumkinki, Ozarbayjon vakili Abdusattarovdan "revansh" olishning uddasidan chiqdi. Shuningdek, Mamedyarovdan tashqari norvegiyalik Magnus Karlsen, polshalik Kshishtof Duda va Vengriya vakili Richard Raport ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim final juftliklari:

Duda - Karlsen (Polsha - Norvegiya);
Mamedyarov - Raport. (Ozarbayjon - Vengriya).

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing