Abdusattorov 130 ming yevrolik superturnirda qatnashadi

Sport

image

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 15-26 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha “WR Chess Masters” turnirida ishtirok etadi.

Mazkur turnirning sovrin jamg‘armasi jami 130 ming yevroni tashkil qilib, unda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

“WR Chess Masters” turnirida dona suradiganlar safidan Nodirbekdan tashqari, Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vinsent Keymar, Pragnananda, Andrey Yespiyenko kabi taniqli grossmeysterlar ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilgan “Tata Steel Chess-2023” turnirining “Masters” guruhida 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing