Abdumalik Nazirov Isoqulovdan qolgan kursini egalladi
Jamiyat
−
28 noyabr 6106 1 daqiqa
Abdumalik Abdusalimovich Nazirov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abdumalik Nazirov 2022 yilning may oyidan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Abdumalik Nazirov 1984 yil Toshkent viloyati Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetida magistr darajasini olgan. 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i va 2021 yildan 2022 yilning mayigacha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ sobiq boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isoqulov Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi