O‘zenergoinspeksiyaga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
28 noyabr 2025 4272 1 daqiqa
Dadajon Aynaqulovich Isoqulov Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Dadajon Aynaqulovich Isoqulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) boshlig‘i etib tayinlangan.
Dadajon Isoqulov 2019 yilning aprelidan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Dadajon Isoqulov 1961 yilning 20 iyulida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mashina traktor parki chilangarligidan boshlagan. 1985 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan va ushbu tashkilotda muhandis sifatida ishlagan.
Shuningdek, u turli yillarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” direktori, “Markaziy magistral elektr tarmoqlari” direktori, “O‘zelektrtarmoq” UK bosh muhandisi, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekenergo” AJning “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” bosh direktori, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i, “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025