Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Abdumalik Xalokov WBC Gran-Prisida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Sport

image

Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov Butunjahon boks uyushmasi (WBC) tomonidan tashkil etiladigan Gran-Pri turnirda qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu haqda bokschining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xalokov terma jamoaning tog‘dagi mashg‘ulotlarida oyog‘idan jarohat olgan va hozir oyog‘i gips qilingan.

Taxminan bir oy Xalokov gipsda yurishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun bokschi WBC Gran-Prisiga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurolmasligi sabab turnirda qatnashmaydi, shuningdek 25 yoshli bokschi shu yili Braziliyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ham ishtirok etmaydi.

Qayd etish joiz, WBC Gran-Prisida yoshi 26 ga yetmagan va professional boksda 16 ta jang o‘tkazmagan charm qo‘lqop ustalari qatnashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan mazkur turnirda  Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumovlar ishtirok etishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Abdumalik Xalokov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing