Abdumalik Halokov profboksga o‘tadimi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Havaskor boksda jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Halokov faoliyatini profboksda davom ettirish yoki ettirmasligiga oydinlik kiritdi. 

Halokovning QALAMPIR.UZʼga ma’lum qilishicha, unga professional boks promouterlaridan takliflar ham bo‘lgan.

“Jahon chempionatigacha ham promouterlardan taklif bo‘layotgandi, biroq mening havaskor boksda erishishim kerak bo‘lgan natijalar bor. Havaskor boksda kerakli natijalarga erishganimdan so‘ng, profboksga o‘tishim mumkin. Olimpiada chempionligiga erishsam, faoliyatimni profboksda davom ettirishni o‘ylab ko‘raman”, deydi Halokov.

Ma’lumot uchun, Abdumalik Halokov yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon va Olimpiada musobaqalarida g‘olib bo‘lgan. 2022 yilda Ammanda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham Abdumalik oltin medalga ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Abdumalik Halokov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing