Abdulla Aripov va uning Hukumati iste’foga chiqdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
39101Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi qo‘shma majlisida o‘z Hukumati iste’fosini taqdim etdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat iste’foni qabul qildi.
Senat rasmiy saytida berilgan tonggi xabarda yalpi majlis kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi masala ham kiritilgani aytilgan edi.
Qonunchilikka ko‘ra, yangi saylangan parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallagan partiya Bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘yadi. Yangi parlament tasdig‘idan o‘tgan Bosh vazir shundan so‘ng yangi Hukumat tuzishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kungi saylovlarda ko‘pchilik ovoz qozongan O‘zLiDep Abdulla Aripov nomzodini yana Bosh vazirlikka taklif qilgandi.