Abdulla Aripov uchinchi bor Bosh vazirlikka tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Senat Raisi, Bosh prokuror hamda viloyat hokimlari qatori Bosh vazir ham o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat hukumatining o‘tgan 5 yillikdagi faoliyati tahlil qilinib, erishilgan yutuqlari sarhisob qilindi va Bosh vazirlik lavozimiga Prezident tomonidan Abdulla Aripov nomzodi taqdim etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdi. Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi. 

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari so‘zga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Nomzod va hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Shuning bilan, Abdulla Aripov nomzodi o‘tgan 8 yil davomida uchinchi marta Bosh vazir lavozimiga qayta tayinlandi. U 2016 yil 13 dekabrda O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan. 14 dekabrda esa ushbu lavozimga tasdiqlangan. 2020 yil yanvar oyida esa u Bosh vazir lavozimiga qaytadan tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, 1961 yil 24 may kuni Toshkentda tavallud topgan. 1983 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) muhandis-telekommunikatsiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. U o‘zining ilk mehnat faoliyatini 1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida elektronika muhandisligidan boshlagan.

  • 1992-1993 yillarda Aloqa vazirligida bosh mutaxassis, “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo kompaniyasi direktori o‘rinbosari, Aloqa vazirligi qurilish-ta’minot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

  • 2002 yilda esa Aripov O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari kompleksi rahbari etib tayinlangan. Shu bilan birga, 2005-2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga rahbarlik qilgan.

  • 2012 yilda yana Bosh vazir o‘rinbosari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasiga rahbarlik qilgan. 

  • U 2021 yilda Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, shuningdek, “Mehnat shuhrati”, Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik”, Tojikistonning II darajali "Ismoil Somoniy" ordeni bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing