Abdulla Aripov Tojikistonga safar qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonga boradi. U qo‘shni davlatda O‘zbekiston hisobiga qurilgan umumta’lim maktabi ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Abdulla Aripov butun dunyoda pandemiya e’lon qilinganidan keyin Tojikistonga tashrif buyuradigan birinchi yuqori martabali xorijiy hukumat amaldori bo‘ladi.

640 o‘ringa mo‘ljallangan maktab So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida qurilgan. uning qurilishi bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat mirziyoyevning 2018 yil mart oyida Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi vaqtida imzolangan.

Maktabning tantanali ochilishi sanasi diplomatik yo‘llar orqali aniqlashtiriladi.

So‘g‘d viloyatidagi maktabdan tashqari O‘zbekiston Xatlon viloyatining Kubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona ham quryapti.

Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurilishi to‘g‘risida ma’lum qilgandi. Shuningdek, tojik tomoni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bitta maktabgacha ta’lim muassasasini qurmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston Abdulla Aripov

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing