Abdulla Aripov Tojikistonga bordi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2020
8233Bugun, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston–Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi