Abdulla Aripov Termizda Qoxir Rasulzoda bilan uchrashdi
Jamiyat
−
04 aprel 2019
6025Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan majlisda so‘nggi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotgani ta’kidlangan.
Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilingan.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi.
LiveBarchasi