Abdulla Aripov Ozarbayjonga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
27 dekabr 2024
2347Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Guseyn Guliyev orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, oldinroq Bosh vazir Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovga Aqtau aeroporti yaqinida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani va odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida “Ozarbayjon havo yo‘llari”ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagandi. Kecha, 26 dekabr kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga telefon qilib, unga hamdardlik bildirdi.
LiveBarchasi