Ichki xotirjamlik: TIV Xitoydagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image
Jizzaxda koronavirus tarqaldimi? north_east

Jizzaxda koronavirus tarqaldimi?

Istanbuldagi o‘zbeklar diqqatiga! 7,5 balli zilzila kutilmoqda north_east

Istanbuldagi o‘zbeklar diqqatiga! 7,5 balli zilzila kutilmoqda

Xitoydagi vaziyat keskinlashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda vaqtincha yoki doimiy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat va eslatma bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

“Xitoy Xalq Respublikasida koronavirusining yangi turi (2019-nCoV) oqibatida kasallik tarqalishi bilan bog‘liq maxsus epidemiologik vaziyat tufayli O‘zbekistonning mazkur mamlakatdagi Elchixonasi quyidagilarni tavsiya etadi: 

•    infeksiya yuqtirish xavfini oldini olish maqsadida imkon qadar o‘z turar joylaringizda saqlanishni;
•    jamoat joylariga chiqmaslikni; 
•    nafas olish organlarida kasallik belgilari mavjud bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaslikni;
•    maxsus gigiyenik niqoblardan foydalanishni; 
•    faqat issiq va yaxshi pishirilgan taomlar iste’mol qilishni; 
•    ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yaxshilab yuvishni;
•    antiseptik mahsulotlardan foydalanishni;
•    hayvonlar oldiga yaqinlashishdan saqlanishni;
•    agar isitmangiz ko‘tarilib, respirator kasallik alomatlarini sezangiz, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishni. 

Shuningdek, kasallik alomatlari bo‘lganda, Pekin shahridagi quyidagi Tibbiyot klinikalariga murojaat qilib, shifokor ko‘rigidan o‘tishingizni maslahat beramiz.

Pekin shahridagi tibbiyot klinikalari ro‘yxati:

1. Beijing Ditan Hospital
Tel.:  (010)84322000
2. Beijing You’an Hospital
Tel.:  (010) 83997599
3. Fifth Medical Center of the People’s Liberation Army
Tel.:  (010) 66947026
4. Beijing Puren Hospital
Tel.:  (010) 87928000
5. Beijing Huimin Hospital
Tel.:  (010) 63520892
6. Chuí Yángliǔ Hospital
Tel.:  (010) 67700622
7. Beijing Haidian Hospital
Tel.:  (010) 62583042
8. Beijing Fengtai Integrated Traditional Chinese and Western Medicine Hospital
Tel.:  (010) 83876520
9. Beijing Shijingshan Hospital
Tel.:  (010) 88689046
10. Beijing Jingmei Group General Hospital
Tel.:  (010)69842525
11. Beijing Mentougou District Hospital
Tel.:  (010) 69843251
12. Beijing Fangshan District Tuberculosis Hospital
Tel.:  (010)61355939
13. Tongzhou District Beijing Luohe Hospital
Tel.:  (010) 69543901
14. Beijing Shunyi District Hospital
Tel.:  (010)69423220
15. Beijing Daxing District People's Hospital
Tel.:  (010)60283006
16. Changping District
Tel.:  (010) 69742328
17. Beijing Friendship Hospital
Tel.:  (010) 89992020
18. Beijing Huairou Hospital
Tel.:  (010) 69644822
19. Beijing Miyun District Hospital
Tel.:  (010) 69043990
20. Yanqing District Hospital
Tel.:  (010)69103020

Shu bilan birga, sizlarga ushbu vaziyat bo‘yicha Xitoy mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga amal qilishlaringizni qat’iy tavsiya qilamiz. 

O‘z navbatida, 2020 yil 27 yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyning barcha xalqaro aeroportlari (Uxan shahri aeropotidan tashqari) har doimgidek o‘z faoliyatini davom ettirayotganligini ta’kidlagan holda, Vatanga qaytish istagida bo‘lgan barcha O‘zbekiston fuqarolari Pekin-Toshkent, Urumchi-Toshkent, Sian-Toshkent,  Chendu–Toshkent yo‘nalishlari yoki o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan boshqa aviamarshrutlar orqali O‘zbekistonga qaytishlari mumkinligini bildiramiz. 

BOG‘LANISH MA’LUMOTLARI
“Uzbekistan airways” AJning Xitoydagi vakolatxonasi: 

Murod Trobov   +86 184 0196 9633 
Jamshid Kadirov   +86 185 1850 7070,  

Mahalliy xodim: 
+86 135 0205 8394 (Ivan)
+86 186 0195 8683 (Lyosha)

“Loong Air” aviakompaniyasi vakili: 
Mahalliy xodim   +86 180 6798 2211 (Denis)

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi konsullik bo‘limi: 

Aziz Xilvatov   +86 138 1120 4471
Bobur Yaxyayev   +86 135 1102 4242

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi xodimlari:
 
Nuriddin Ubaydullayev   +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov   +86 158 1047 7270
Shuxrat Umirov   + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov   +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov   +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov   +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov   +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov   +86 178 1070 2707

Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, sizlardan turli mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni, his-hayajonga berilmaslikni va xotirjamlikni saqlashni yana bir bor so‘raymiz”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda koronavirusga chalinganlar soni 2,8 ming kishidan oshdi, 81 kishi vafot etdi. Infeksiya asosan Xubey provinsiyasi va uning ma’muriy markazi Uxanda kuzatilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi koronavirus

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing