Abdulla Aripov Minskda MDH hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiyalar rahbarlari tor doiradagi uchrashuvda Hamdo‘stlik doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishi, navbatdagi uchrashuv sanasi va joyini belgilab olishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda delegatsiyalar yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish, MDH mamlakatlari hududlarini sanitariya muhofazasi va Hamdo‘stlik aholisini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, soxta savdo belgilari va geografik ko‘rsatkichlardan foydalanishning oldini olish, geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan zondlash sohasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi va boshqa hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Majlisda MDHga a’zo davlatlarda davlat moddiy rezervlarini boshqaradigan davlat (ijro etuvchi) organlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi hamkorligi konsepsiyasi va uni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Qurolli kuchlar ofitserlarini tezkor-strategik tayyorlash sohasida asosiy tashkilot to‘g‘risidagi hamda turli lavozimlarga kadrlarni tayinlashga oid qarorlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing