Abdulla Aripov XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimida ishtirok etdi
Sport
−
09 Oktabr 2023
6334O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar qildi.
Joriy yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli beshinchi o‘rinni egalladi.
“Xanchjou-2022”ning yopilish marosimi Olimpiya sport markazi stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syanning taklifiga binoan ayni paytda ishchi tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik sportchilarning “Xanchjou-2022”da ko‘rsatgan natijalari Osiyo o‘yinlarida shu paytgacha qo‘lga kiritilgan eng yaxshi natijadir.
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlarining yetakchilari bo‘ldi. Qo‘shnilarimizdan Qozog‘iston 11, Qirg‘iziston 18, Tojikiston 24 va Turkmaniston 29-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi