Abdulla Aripov Xitoyga bordi

Olam

image

Joriy yilning 29-30 aprel kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoyning Urumchi shahrida bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy rahbari Si Szinpin hamda Xivaro Partqo‘mi kotibiga yo‘llagan salomi yetkazildi.

Xitoy O‘zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkori ekani, ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Bunda mamlakatlar yetakchilari o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va samimiy birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanib borayotgani, infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energiya sohalarida yangi loyihalar amalga oshirilayotgani natijasida o‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 13 milliard dollardan oshganini bildirib, davlatlar rahbarlari tomonidan belgilab berilgan 20 milliard dollarlik ko‘rsatkichga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Savdo-sanoat, transport-logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Si Tszin'pin Ma Sinjuy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing