Abdulla Aripov Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
3892Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
O‘zAning xabar berishicha, uchrashuvda oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.
Yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, ta’lim, transport va logistika sohalari bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
LiveBarchasi