Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston Respublikasiga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sammitda Hukumat rahbari Abdulla Aripov hamda Kuba Respublikasi Bosh vaziri Manuyel Marrero Kruz kuzatuvchi sifatida qatnashadi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Armanistondan Nikol Pashinyan, Qozog‘istondan Asqar Mamin, Qirg‘izistondan Ulukbek Maripov, Belarus nomidan Roman Golovchenko, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin ishtirok etadi. 

Sammitda YeOII mamlakatlarining hukumat rahbarlari ichki va tashqi savdoni sug‘urtalashni qo‘llab-quvvatlash, tovarlarni eksport qilish uchun o‘rnatilgan bir tomonlama tarifsiz choralarning joriy qilinishi hamda eksport bojxona bojlari masalalarini ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorini, shuningdek, integratsiyani chuqurlashtirishni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing