Abdulla Aripov Qashg‘arda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘m kotibi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 mart
7778Joriy yilning 29 fevral 1 mart kunlari Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahrida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida ma’lum qilindi.
Bugun, 1 mart kuni tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Xitoy orasidagi savdo-iqtisodiy almashinuvlarni rivojlantirishda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni muhim bog‘lovchi “darvoza” vazifasini bajaradi.
Uchrashuvda joriy yilning yanvar oyida Pekin shahrida Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi Oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi