Abdulaziz Komilov yana bir Islom Respublikasiga safar qiladi
Jamiyat
−
09 mart 2021
5125Joriy yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasiga boradi.
Uchrashuv va muzokaralar davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mintaqaviy aloqalar sharoitida muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham koʻrib chiqadilar.
Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov bundan avval Afg‘oniston Islom Respublikasiga ham safar qilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari hamda Hindiston va Rossiyaga safar qilgandi.
LiveBarchasi