Pompeoning O‘zbekistonga tashrifi Xitoyning g‘azabiga sabab bo‘ldi
Olam
−
04 fevral 2020
41481Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Markaziy Osiyo bo‘yicha tashrifiga juda salbiy baho berdi.
Elchixonaning ta’kidlashicha, Pompeo Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari bilan Xitoyning ichki ishlarini muhokama qilish niyatini bildirgan.
"Ushbu mavzu muhokama qilingan yoki qilinmaganligidan qat’i nazar, biz barcha tamonlarni Pompeoning xatti-harakati va shantajiga nisbatan nafratlanishiga ishonamiz", deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Pompeo Markaziy Osiyo davlatlari bilan Shinjondagi uyg‘urlar masalasida suhbatlashgan.
"Xitoyga tuhmat qilish, shuningdek Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni buzish uchun qilingan har qanday urinishlar, albatta, barbod bo‘ladi", deyiladi elchixona xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari bilan "S5+1" formatida uchrashuv o‘tkazgan edi.
Pompeo 2 fevral kuni Qozog‘iston tashrifi davomida AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonni Shinjondagi musulmon ozchiliklariga nisbatan munosabatga javoban Xitoyga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Pompeo mamlakat poytaxti Nur-Sultonga tashrifi chog‘ida bu masalani Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan suhbatda muhokama qilgan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi