Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining yangi elchisini qabul qildi
Jamiyat
−
24 may 2019
3376Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining favqulodda va мухтор elchisi etib tayinlangan Kan Chje Kvonni qabul qildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ishonch yorliqlari nusxalarini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng vazir elchini O‘zbekistonga tayinlanganи bilan tabrikladi hamda unga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlarining 2017 yilning noyabr oyida Seuldagi va 2019 yilning aprel oyida Toshkentdagi sermahsul uchrashuvlari чоғида erishilgan kelishuvlarni amaliy жиҳатдан amalga oshirish masalalariga hamda turli soha va shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor қаратилди.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi xalqlari farovonligi yo‘lida alohida strategik sheriklik va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning an’anaviy yuqori darajasi saqlab qolinishiga hamda mustahkamlanishiga ишонч bildirildi.
LiveBarchasi