Abdulaziz Komilov ikki oy deganda ommaga ko‘rinish berdi

Jamiyat

image
Norov AQSH delegatsiyasi bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi north_east

Norov AQSH delegatsiyasi bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Sobiq Tashqi ishlar vaziri, amaldagi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Komilov joriy yilning 18 martidan beri ilk bor ommaga ko‘rinish berdi.

Toshkentdagi AQSH elchixonasining ma’lum qilishicha, Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, uzoq vaqt siyosiy maydonda ko‘rinmay qolgan Komilov joriy yilning 24 may kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal ibn Farhan ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

Bungacha esa Komilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanayotgan edi. U haqida ancha vaqtgacha hech qanday ma’lumot berilmagandi.

Abdulaziz Komilov so‘nggi bor joriy yilning 17 mart kuni Senat yalpi majlisida ko‘rinish bergan edi. Unda vazir rasmiy Toshkent o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasini tan olmasligi, Ukrainaning hududiy yaxlitligini esa qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shundan so‘ng, u hech qayerda ko‘rinish bermadi. 

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov aprel oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing