Abdulaziz Komilov Erdo‘g‘anning qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
06 avgust 2019
2569Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri biroz avval Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qabulida bo‘ldi. Uchrashuv Prezidentning Anqara shahridagi qarorgohi bo‘lib o‘tgan.
Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholagan. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etgan.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashilgan, Shuningdek, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni Abdulaziz Komilorv Turkiya Parlamenti – Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi.