Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning yangi elchisini qabul qildi
Jamiyat
−
28 avgust 2019
2221Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Timoti Torlotni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dinamik xarakteri va O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining 9-12 iyul kunlari London shahriga qilgan tashrifining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.
Turli jabhalardagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
LiveBarchasi