Abdulaziz Komilov Bishkekka ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 7 iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibida ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkek shahrida tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Bishkek

Baholaganlar

7

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing