Abdulaziz Komilov Hindistonga boradi
Jamiyat
−
11 yanvar 2020 4732 1 daqiqa
Joriy yilning 14-15 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr