YHXB “GAI”lar ishtirokidagi videolarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati rahbari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari ishtirokidagi videolarga munosabat bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

YHXBB matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusovning aytishicha, haydovchilarga yo‘l patrul xizmatchisini videoga olishga ruxsat etilgan. Biroq buning o‘z odobi bor.

“Ushbu videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishi emas, tegishli organlarga taqdim etilishi lozim”, degan Akmal Yunusov.

Shuningdek, Akmal Yunusov yo‘l patrul xizmati inspektorlarining malakasi muntazam oshirib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ta’kidlash joizki, so‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari ishtirokidagi turli videolar ko‘paygandi. Bir videoda xizmatdagi inspektor haydovchini urayotgan bo‘lsa, boshqasida taqiqlangan joyda soatiga 90 km tezlikda mashina haydab ketayotgani tasvirlangan. Boshqa birida esa YPX xodimi avtomobil kapotida sayr qilayotganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

YHXB video

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing