Abduxoliqovdan qolgan nom va qamrov o‘zgartirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi nomi O‘zbekiston Milliy media assotsiyasiga o‘zgartirildi. Shuningdek, Assotsiatsiyaning yangi Nizomi tasdiqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Bugun, 4 aprel kuni Assosiatsiyaning “Birlashish nuqtasi” nomi ostida I milliy media anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Assotsiatsiya raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja a’zo nodavlat teleradiokopmaniyalar rahbarlariga O‘zEOAVMA nomini O‘zMMAga o‘zgartirish va yangi Nizomni tasdiqlashni taklif qildi. Taklif a’zolar tomonidan ma’qullandi. 

Shuningdek, anjumanda Assosiatsiyaning yangi tarkibi tayinlandi. Unga ko‘ra, Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Abrorjon Po‘latov Bosh direktor, Abdulaziz Abutalipov Bosh direktor birinchi o‘rinbosari, Ulug‘bek Ahmedov Bosh direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Nigora Xo‘jayeva Bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan “Birlashish nuqtasi - Renessans” nomli media-dasturi qabul qilindi.

Assotsiatsiya Boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, 2003 yilda tashkil etilgan ushbu tashkilotga tarixda faqat nodavlat teleradiokompaniyalar a’zolikka qabul qilingan bo‘lsa, endilikda barcha media mansublarini, jumladan kun sayin ommalashib borayotgan veb-saytlarni ham Assotsiatsiyaga a’zo qilish imkoniyati yaratilgan. 

“To‘g‘ri, yillar davomida muammolardan charchagan, yuragida gapi to‘planib qolgan odamlarning gapirib olishlari uchun maydon kerak edi. Va so‘nggi besh yilda nodavlat tele va radiokanallar, bosma matbuot, internet saytlari bu maydon vazifasini bajarib kelmoqda. Navbatdagi bosqich mediakontent tayyorlashda me’daga tega boshlagan ko‘ngilochar dasturlardan tahliliy, mushohada qilishga undaydigan ko‘rsatuvlarga o‘tishimiz, odamlarda ham shunga mehr uyg‘otishimiz kerak”, deydi rais. 

Eslatib o‘tamiz, Assotsiatsiya respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda u 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, O‘zbekiston kabel televideniyesiga a’zo bo‘lgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tashkilotga 2003 yilda O‘zbekistonning taniqli mediamagnati, "Darakchi", "So‘g‘diyona" gazetalari, NTT, STV telekanallari va "Poytaxt" radiosi rahbari Firdavs Abduxoliqov tomonidan asos solingan edi. Abduxoliqov o‘ziga tegishli "Sevimli" telekanalida efirga uzatilgan "Sabriya" seriali bilan bog‘liq mashmashalar ortidan Assotsiatsiya raisligidan ketdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing