Abduqodir Husanov yana bir mavsum “Lans”da qolishi mumkin

Sport

image

Fransiyaning “Lans” klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov yana bir mavsum hozirgi klubida qolishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

20 yoshli himoyachi hozirda klubining ajralmas qismi bo‘lib ulgurgan va boz ustiga “Lans” Husanov transferi uchun unga qiziqayotgan klublardan katta summa talab qilmoqda, bu esa futbolchining boshqa jamoaga o‘tishini qiyinlashtiradi.

Fransiya klubi o‘zbekistonlik himoyachi transferidan 50 million yevrogacha ishlab olish niyatida. Hozirgi vaqtda Husanovga Angliya, Ispaniya, Turkiya va yana bir nechta top chempionatlardan takliflar bor.

Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum “Bollar-Delelis” egalari safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist rasmiylashtirdi. Uning “Lans” bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing